UCH OYLIK “MEDIAMENEJMENT” KURSIGA QABUL BOSHLANDI

12.09.2019

Mediamenejment va jurnalistika maktabi uch oylik «Mediamenejment» o’quv kursiga va uch oylik «Jurnalistika» o’quv kursiga  qabul boshlanganini e’lon qilmoqda, ular 2019-yilning kuzida Deutsche Welle Akademiyasi (Germaniya) ko’magida O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti bazasida o’tkaziladi. O’quv mashg’ulotlariga o’zbekistonlik onlayn nashrlar, TV-kanallar va radiostansiyalar rahbarlari va jurnalistlari taklif etiladi.

Maktab o’z ishini 25-oktabr kuni Toshkentda boshlaydi.

Maktabda ishtirok etish uchun arizalar ommaviy axborot vositalari jamoasi tomonidan taqdim etilishi maqsadga muvofiq: har bir OAVdan bitta menejer va bitta jurnalist qatnashishi lozim.

Tugallanmagan arizalar ko’rib chiqilmaydi.

Tanlov asosida tanlangan nomzodlar bepul ta’lim olish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Tashkilotchilar, shuningdek, sayohat va turar joy xarajatlarini qoplaydi. Trening rus tilida o’tkaziladi.

Har bir kurs doirasida o’qitish Toshkent shahrida uch kunlik kunduzgi treninglar va modullar o’rtasida to’rt haftalik masofadan o’qitishni o’z ichiga oladi.

Tahririyat vakillari barcha modullarda ishtirok etishi shart.

Kurs haqida batafsil ma’lumot bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: http://mediamanagement.tilda.ws/

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

twenty + 11 =