«UCHINCHI RENESSANS — YOSHLAR NIGOHIDA» NOMLI RESPUBLIKA TANLOVI

19.01.2021

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Innovatsion rivojlanish vazirligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, «Ipoteka-bank», O‘zMTRK, O‘zA bilan hamkorlikda «Uchinchi renessans — yoshlar nigohida» nomli respublika tanlovi tashkil qilinmoqda.

Tanlovda 40 yoshgacha bo‘lgan talabalar, magistratura va doktorantura tadqiqotchilari quyidagi yo‘nalishlarda ishtirok etishlari mumkin:
— ajdodlar merosini o‘rganish va targ‘ib qilishda innovatsion yondashuv;
— oliy ta’limda sifatli bilim olishdan talabalarning manfaatdorligini oshirish uchun o‘quv jarayoni va metodikasini o‘zgartirish yo‘llari;
— yoshlarni ilm-fan va innovatsiyalarga qiziqtirishning noan’anaviy usullari.

Tanlov yiliga ikki marta, yanvar-mart va sentyabr-noyabr oylari davomida to‘rt bosqichda o‘tkaziladi:
1 — fakultet bosqichi (20-yanvar va 20-sentyabrga qadar);
2 — OTM bosqichi (20-fevral va 20-oktyabrga qadar);
3 — hududiy bosqich (5-mart va 5-noyabrga qadar);
4 — respublika yakuniy bosqichi (20-mart va 20-noyabrga qadar) o‘tkaziladi.

Tanlov ishtirokchilari tayyorlagan maqola, videorolik ko‘rinishidagi ijodiy ishlarini onlayn platforma orqali taqdim etadi.

Ijodiy ishlar @vuz24bot manziliga, ishtirokchining ism-familiyasi va o‘qish joyi yozilgan holda yuboriladi. Barcha qabul qilingan ijodiy ishlar @talaba_vuz sahifasiga joylanib boriladi.

Ishtirokchilar taqdim etgan loyihalar Hakamlar hay’ati tomonidan 100 ballik tizimda baholanadi. G‘oliblar diplom hamda pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

seventeen − thirteen =