“UMRBOQIY NAVOIY” OMMAVIY AKSIYASI DAVOM ETADI!!!

08.02.2021

“O’zbekistonda xorijiy tillar” nomli ilmiy-metodik elektron jurnal va Internet portal — FLEDU.UZ tahririyati so’z mulkining sultoni, buyuk mutafakkir, ulug’ shoir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag’ishlangan “Umrboqiy Navoiy” ommaviy aksiyasini e’lon qiladi.

Insoniyat tarixida shunday ulug’ siymolar borki, ularning kashfiyotlari, tafakkurining mevalari butun insoniyatga xizmat qiladi, uning qalbini, ong-u shuurini yoritib, ezgulikka chorlaydi, o’zini anglashga, dunyoni tanishga o’rgatadi, haqiqat yo’lida yashashga undaydi. Biz o’zbeklarning, turkiylarning baxtiga Navoiydek bir zot bor, uning o’lmas asarlari bor. Navoiy asarlarini har gal o’qiganimizda olam-olam ma’nolarni kashf etamiz. Ularni qayta o’qiganimizda esa yangi qirralari ochilaveradi. Biz Navoiyni qay darajada bilamiz? Uning asarlari mohiyatiga qachon kirib boramiz? Navoiyni o’qigan har bir o’quvchini shu savol o’ylantirishi tabiiy. Shu bois biz ulug’ shoir tavalludining 580 yilligi nishonlanishi arafasida “Umrboqiy Navoiy” aksiyasini davom ettirishga niyat qildik. Niyatimiz Navoiy asarlari faqat bayram kunlari emas, balki doim o’qilishini va ular qalbimiz bayramiga aylanib, kunlarimizni bezashini istaymiz. Navoiyning ulug’ligi niyatining ulug’ligidadir. Ana shu ulug’ niyatdan zarradek bahramand bo’lish biz uchun katta baxt emasmi?

Azizlar, aksiyada barchangizni faol ishtirok etishga chorlaymiz. Buning uchun Navoiy she’rlaridan istalgan bittasini o’zingiz xohlagan tilda yoddan o’qib, uni videoga olib, matni bilan birgalikda @Fledu_supportbot yoki @uzswlu_support_bot telegram manzillariga jo’natishingizni so’raymiz. Aksiya materiallari fledu.uz portal, facebookdagi sahifasi, YouTube hamda telegram kanallari, shuningdek, O’zDJTU rasmiy sahifalarida e’lon qilib boriladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

16 + two =