VATAN RAVNAQI BILIM MUVAFFAQIYATIDA

14.06.2021

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Doktorantlar uyushmasi”da 2021 yil 1 – 9-iyun kunlari, an’anaga muvofiq, doktorantlarning navbatdagi hisobot-taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, filologiya fanlari doktori, professor Boqiyeva Gulandom Hisomovna tashabbuslari bilan yo‘lga qo‘yilgan mazkur taqdimot har galgidan o‘zgacha tusda mazmunga boy bo‘ldi. Kafedra muhokamasidan o‘tgan doktorantlar maktabi qaldirg‘ochlari – uchinchi bosqich doktorantlarini muvaffaqiyatli seminar-u himoya tomon kuzatish va uyushmaga yangi rais saylash tantanasi bilan taqdimot marosimi bo’lib o’tdi.  

Tadbirda 1-bosqich DSc doktoranti Muradkasimova Kamola Shuxratovna uyushma raisi sifatida tayinlandi.

Vestminster universiteti kafedra mudiri Hikmatullo Urazbayev tomonidan tashkil etilgan “Basics of Research Methodology and Writing for Research” darsi muvaffaqiyatli yakunlanganini ta’kidlab, ishtirokchi doktorantlarni sertifikat bilan taqdirladi.

To‘qqiz kun davom etgan taqdimotda 38 ta (PhD) tayanch doktorant va 3 ta (DSc) doktorantning hisobot-taqdimoti qizg‘in va jiddiy muhokama qilindi. Unda ilmiy rahbarlar, 3-bosqich doktorantlari ham ishtirok etib, taqdimotchilarga kerakli tavsiya va maslahatlar berib borishdi. Kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan mustaqil izlanuvchilar esa mazkur tajriba maktabi amaliyotidan kerakli xulosalar chiqarishdi.

Bu davr mobaynida dushanba va juma kunlari dotsent Muratova Elmira Denisovna tomonidan tashkil etib borilgan, ilmiy ishga ruhlantiradigan “Tahrir san’ati” mavzusidagi mahorat darsi ham alohida e’tiborga loyiq. Shuningdek, Feruza Shodmonova tomonidan tashkillashtirilgan “EBSCO host platformasi” taqdimoti ham mazmunga boy bo‘ldi.

Hisobot-taqdimoti so‘ngida dissertatsiya, maqola yozish, tahrir qilish sirlari yuzasidan kelgusi ishlar rejasi bilan tanishtirildi. Elmira Muratovaning mashg‘ulotlari yakunlangani va endi PhD Guli Ergasheva, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Karomat Mullaxo‘jayeva o‘zbek tilida, rus tilida esa filologiya fanlari nomzodi Venera Kayumova tomonidan mashg‘ulotlar dasturi yo‘lga qo‘yilishi ta’kidlab o‘tildi.

2-bosqich tayanch doktoranti
Dedaxanova Muazzam

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

one × five =