VENGRIYA OLIY TA’LIM MUASSASALARI BILAN HAMKORLIK O‘RNATILMOQDA

19.05.2023

Shu kunlarda Budapesht shahrida O‘zbekiston-Vengriya rektorlari II forumi bo’lib o’tmoqda. Ushbu forumda O’zbekiston oliy ta’lim muassasalari rektorlari faol ishtirok etmoqdalar.

Forum doirasida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Karoli Gaspar universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Har ikki tomon manfaatlariga xizmat qiluvchi ushbu memorandum universitetlar o‘rtasida akademik almashuvni yo‘lga qo‘yish va hamkorlikda ilmiy loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan.

Karoli Gáspar universiteti 1993-yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozir u yerda 8600 nafar talaba sharqshunoslik sohasiga turdosh yo‘nalishlarda tahsil olmoqda. Universitet tarkibidagi 15 ta institut va 52 ta kafedralarda 37 ta davlatlardagi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda xalqaro standartlar bo‘yicha kadrlar tayyorlash bilan birga keng miqyosda fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy loyihalar bajarilmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston–Vengriya rektorlari II Forumi doirasida TDSHU hamda Szeged universiteti (Vengriya) o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur hamkorlik doirasida ikki muassasa o‘rtasida qo‘shma o‘quv va amaliy kurslar hamda seminarlar o‘tkazish uchun professor-o‘qituvchilar tarkibini jalb qilish, talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot ishlari va konferensiyalar tashkil etish kabi masalalar rejalashtirilgan.

https://tsuos.uz/

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

twelve + 7 =