“XALQ DIPLOMATIYASI – SAYYORADA TINCHLIK SARI YO‘L” MAVZUSIDA ONLAYN INSHOLAR TANLOVI

10.06.2020

O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi yurtimiz oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida “Xalq diplomatiyasi – sayyorada tinchlik sari yo‘l” mavzusida insholar tanlovini e’lon qiladi.

Mazkur tanlov talaba yoshlarda xalq diplomatiyasining mohiyatini keng tushunish, xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarni takomillashtirish masalalari haqida fikr yuritish, shuningdek, ShHT mamlakatlari va boshqa xorijiy mamlakatlar xalqlarining madaniyati, an’analari, dini va turmush tarzi bilan yanada yaqinroq tanishishda ajoyib ikoniyat yaratadi. Tadbirda mustaqil va erkin fikrlovchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, yurtimiz yoshlarining iste’dodli vakillarini aniqlash, umuman, ijodkor shaxslarni qo‘llab-quvvatlash va yosh avlodning ijtimoiy faolligini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan.

Har bir ishtirokchi tanlovga bitta ish taqdim etish huquqiga ega va uni O‘zbekistondagi ShHT xalq diplomatiyasi markazining quyidagi elektron manziliga yuborishi mumkin: info@scocenter.uz.

Batafsil ma’lumot uchun HAVOLA

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

nineteen − two =