XALQARO FRANSUZ TILI OʻQITUVCHILARI KUNIGA BAGʻISHLANGAN MAXSUS TANLOV: “ENVOLEZ-VOUS POUR LA FRANCE”

26.10.2022 758

Xalqaro fransuz tili oʻqituvchilari kuniga bagʻishlangan maxsus “Envolez-vous pour la France” tanloviga start berildi.  Gʻoliblar 2022-yil dekabr oyida Fransiyaning Nitsa shahriga yoʻl olishadi.

Tanlov ikki bosqichdan iborat:

1-bosqich shartlari:

1. Ishtirokchilar 2 yil va undan yuqori pedagogik tajribaga ega universitet yoki maktabda fransuz tili oʻqituvchisi boʻlishi lozim;

2. B1 va undan yuqori xalqaro sertifikatga ega boʻlishlari kerak (DELF, DALF, TCF);

3. Tanlov ishtirokchisi ilgari Fransiya hukumati yoki Agentlik tomonidan taqdim etilgan grantlar sohibi boʻlmagan boʻlishi lozim.

2-bosqich shartlari:

1. Saralangan ishtirokchilar Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi vakillari tomonidan suhbatdan oʻtadilar

Tanlov gʻoliblari 2022-yil 24-noyabrda xalqaro fransuz tili oʻqituvchilari kunida eʼlon qilinadi!

Tanlovga arizalar 31-oktyabr 23:59 gacha qabul qilinadi!

Tanlovga roʻyxatdan oʻtish uchun havola.