XALQARO INNOVATSION GʼOYALAR HAFTALIGI ONLAYN OʼTKAZILADI

02.09.2020

Yangi ichki va xorijiy texnologiyalarni namoyish etish, aholi hayot darajasini yaxshilash va yangi texnologiyalar almashinuvi orqali mamlakat iqtisodiyoti uchun foydali bo‘lgan yangi investitsion imkoniyatlarni jalb qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan hozirgi kunda ishlab chiqilayotgan elektron platformada joriy yilning 3–8 noyabr kunlari «InnoWeek.Uz» Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi o‘tkaziladi.

«InnoWeek.Uz» – har yili O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan to‘plangan salohiyat va ilmiy-texnik sohadagi innovatsiyalar va investitsiya loyihalari sohasidagi ish natijalarini namoyish etishga qaratilgan tadbir. Ushbu tadbir mahalliy va xorijiy hamkorlar/investorlar bilan yangi istiqbolli innovatsion ishlanmalar bilan tanishish va investitsiyalarni yanada jalb qilish uchun noyob maydondir. Davlat ilmiy markazlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, universitetlar, sanoat korxonalari va texnoparklar asosiy eksponentlardir.

2020 yilda innovatsiya haftaligi doirasida quyidagi onlayn tadbirlarni o‘tkazish rejalashtirilgan:

● «Xalqaro innovatsion yarmarka»;

● «Robototexnika bo‘yicha xalqaro chempionat»;

● Osiyo-Tinch Okeani texnologiyalar transferi markazi (OTTTM) bilan hamkorlikda «Mintaqaviy seminar».

Innoweek doirasida, startaplarni amalga oshirish uchun potensial investorlar va biznes-farishtalarini jalb qilish uchun kraudfanding (ommaviy/jamoat moliyalashtirish) tizimining noyob platformasi bo‘lishi kutilayotgan «Ishlanmalar banki»ni ishga tushirish rejalashtirilgan.

Mehmonlarni roʼyxatga olish

show.innoweek.uz

Ishtirokchilarni roʼyxatga olish
Expo.innoweek.uz

Batafsil: https://mininnovation.uz/uz/announcement/2295

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

4 × 5 =