XALQARO OLIY TA’LIM ONLAYN KO‘RGAZMASI

21.08.2020

Joriy yilning 21-23-avgust kunlari xalqaro oliy ta’lim onlayn ko’rgazmasi bo’lib o’tadi, deb xabar bermoqda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi rasmiy kanali.

Ko‘rgazmada nafaqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri savol berish, balki Internetda imtihon topshirish va uydan chiqmasdan o‘qishga kirish imkoniyati mavjud:

  • «Savol – javob» formatida dunyoning 30 dan ortiq universitetlari vakillari bilan muloqot qilish;
  • Qabulga tayyorgarlik: dasturlar va kurslar;
  • TOEFL, IELTS, GMAT topshirish to‘g‘risida muhim ma’lumotlar;
  • 2020/2021–o‘quv yili uchun qabul qoidalari haqida hamma narsa;
  • Loyiha ishtirokchilar – Avstraliya, Qozog‘iston, BAA, Rossiya, AQSh, Turkiya, Chexiya, Shveysariya va boshqa mamlakatlarning yetakchi universitetlari va biznes maktablari.

O‘tkazilish vaqti: 12:00dan 20:00gacha.

Tadbirda qatnashish BEPUL.

Saytda ro‘yxatdan o‘tish shart: http://cc.uz/16638

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

eleven − 2 =