XALQARO ONLAYN KONFERENSIYA: ZAMONAVIY FILOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

17.11.2020

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Farg‘ona davlat universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash markazi (Research Support Center) hamkorligida 2020-yilning 5-dekabr kuni “Zamonaviy filologiyaning dolzarb muammolari va yechimlari” mavzusida xalqaro miqyosida ilmiy retsenziyalangan onlayn-konferensiya bo’lib o’tadi.

Shu munosabat bilan 2020-yilning 1-dekabrigacha bo‘lgan muddatda ma’ruzalar tezislarini o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida Ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash markazi (Research Support Center) rasmiy veb-sahifasi http://e-science.uz/actual_philology_uz orqali elektron ko‘rinishda yuborishingiz mumkin.

Konferensiyaga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tezislar qabul qilinadi:
1– sho‘ba: Antropotsentrik tilshunoslik masalalari.
2– sho‘ba: Tilshunoslik nazariyasi, amaliy tilshunoslik.
3 –sho‘ba: O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotning dolzarb masalalari.
4–sho‘ba: Poetika muammolari.
5–sho‘ba: Til va ta’lim integratsiyasi.

Konferensiya to‘plamida nashr etilgan ilmiy tezislar GOOGLE SCHOLAR xalqaro bazasida indeksatsiyalanadi, har biriga alohida DOI raqam beriladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

5 × three =