XALQARO SIMPOZIUMDA TDSHU O’QITUVCHISI ISHTIROK ETDI

27.05.2022

Joriy  yilning 22-24 may kunlari Malayziya davlatining rasmiy tili Malay tilini rivojlantirish va uni targ’ib qilish maqsadida davlat Bosh vaziri tomonidan ilk bor tashkillashtirilgan “Xalqaro Malay tili” mavzusida simpozium bo’lib o’tdi. Simpoziumda o’nlab davlatlar qatorida O’zbekiston davlatidan vakil bo’lib, Malay tili o’qituvchisi Munisa Mukhtarova o’zining “Malay tilini rivojlantirishda Oliy ta’limning o’rni va dars jaryoninig muhimligi” nomli nutqi bilan ma’ruza qildi.
Simpoziumni 22-may kuni Malayziya davlati Bosh vaziri rasmiy nutq bilan ochib berdi. Simpoziumda 3 kunlik dastur bo’yicha Malayziya, Indoneziya, Singapur, Tailand, Yaponiya, AQSH, Germaniya, Avstraliya, O’zbekiston, Ozarbayjon, Xitoy, janubiy Koreya, Filippin, Frantsiya, Rossiya, Kambodja davlatlaridan malayshunoshunos olimlar, professor va o’qituvchilar ishtirok etdilar.

24-may kuni Malayziya “Malay tili taraqqiyotida Oliy ta’limning o’rni” mavzusidagi qismida O’zbekistondan online tarzida Munisa Mukhtarova o’z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Ma’ruzada, O’zbekiston-Malayziya davlatlarining nafaqat ta’limiy balki, iqtisodiy-siyosiy a’loqalarinig tarixi va taraqqiyoti, O’zbekiston ta’lim tizimida malay tilining so’nggi yillardagi rivoji haqida, shu bilan birga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Kadrlar tayyorlash milliy dastur”i haqida, Prezidentimizning chet tillarini rivojlantirish bo’yicha qilayotgan say-harakatlari haqida malay tilida tinglovchilarga yetkazib berildi.
Simpozium 24-mayda Malayziya Bosh kotibi tomonidan rasmiy nutq bilan yakunlandi. Barcha ishtirokchilar Malayziya davlati Bosh vaziri tomonidan imzolangan minnatdorchilik sertifikati bilan taqdirlandilar.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

one × 4 =