“XORIJIY TILLARNI O‘QITISH BO‘YICHA ENG YAXSHI MAKTAB” TANLOVINI O‘TKAZISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOM TASDIQLANDI

10.09.2021


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Tanlov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi hamda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan har yili ingliz, nemis, fransuz tillari o‘qitiladigan maktablar o‘rtasida o‘tkaziladi.

Tanlovning respublika bosqichida ishtirokchilarning tinglab tushunish (listening), yozish (writing), gapirish (speaking) va o‘qish (reading) ko‘nikmalari chet tilini bilishning xalqaro sertifikatsiyalangan standartlari asosida sinovdan o‘tkaziladi hamda tegishli til ona tili sifatida foydalaniladigan mamlakatlar haqidagi bilimi tekshiriladi.

Nazorat materiallarini ishlab chiqishda malakali mutaxassislar, xorijiy ekspertlar jalb qilinadi hamda ularning mehnatiga haq to‘lash tegishliligi bo‘yicha Agentlik yoki Vazirlik tomonidan tuzilgan shartnomalarga asosan amalga oshiriladi.

4 Comments so far

Jump into a conversation
  1. Pardayeva SHodiyona
    #1 Pardayeva SHodiyona 9 Oktabr, 2021, 09:13

    tanlovga qatnashish

    Reply this comment
  2. miss
    #2 miss 12 Oktabr, 2021, 14:41

    Fikrim ijobiy tomonga o’zgardi

    Reply this comment
  3. bo'ronova Dilnora
    #3 bo'ronova Dilnora 2 Noyabr, 2021, 11:09

    assalom tanlov haqida so’ramoqchimiz

    Reply this comment
  4. Mukhlisa
    #4 Mukhlisa 29 Dekabr, 2022, 12:54

    Xorijiy tillarni uqitish uchun eng yaxshi maktab

    Reply this comment

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

10 − 1 =