XORIJIY VA NODAVLAT OTMLARDAN O‘QISHNI KO‘CHIRISH BO‘YICHA TEST SINOVLARI 16-AVGUST KUNI O‘TKAZILADI

13.08.2023

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 16-avgust kuni, kasbiy (ijodiy) imtihonlar OTMlar tomonidan belgilangan vaqtda o‘tkaziladi.

🚩Imtihon sanasi har bir OTM rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilinadi.

Test sinovlari ikki smenada tashkil etilib:

1️⃣-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

💡 Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt beriladi.

Talabgorlar imtihonlarda ishtirok etish uchun ruxsatnomani vazirlik huzuridagi Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin.

❗️ Imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

edu.uz

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

fourteen + 9 =