YAPONIYANING YETAKCHI UNIVERSITETLARIDA O‘QISH UCHUN STIPENDIYALAR AJRATILADI

21.01.2021

Hukumatning “O‘zbekiston Respublikasi vakillarining o‘qishini tashkil etish uchun Yaponiya hukumati grantidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (18.01.2021 y, 26-son) qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Yaponiyaning yetakchi universitetlari magistratura va doktoranturasida O‘zbekiston vakillarining o‘qishini tashkil etish bo‘yicha har yili almashinuv notalari va grant bitimlar imzolanadi.

Shuningdek, Yaponiyaning yetakchi universitetlarida o‘qish uchun stipendiyalar ajratiladi.

Yaponiya hukumatining 291 mln Yaponiya iyenasi (2,6 mln AQSh dollariga ekvivalentda) miqdoridagi granti 2021-2022 yillarda foydalanish uchun taqdim etiladi.

O‘qish uchun nomzodlarni tanlab olish va loyihani amalga oshirishni muvofiqlashtirish:

  • O‘zbekiston tomonidan – Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyati, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Investitsiya va tashqi savdo vazirligi;
  • Yaponiya tomonidan – Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi, O‘zbekiston-Yaponiya Inson resurslarini rivojlantirish markazi tomonidan amalga oshiriladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda loyiha doirasida Yaponiyada tahsil olayotgan stipendiatlarning o‘qishi va o‘qishni tamomlagan stipendiatlarning mehnat faoliyati yuzasidan doimiy monitoring olib boradi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

3 × two =