YEVROPA ITTIFOQI VA O‘ZBEKISTON O‘RTASIDAGI HAMKORLIK ISTIQBOLLARI HAQIDA

30.10.2021

Yevropa ommaviy axborot vositalari YEI va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari haqida yozmoqda.

Yevropaning ommabop «The Diplomat» nashrida YEI va O‘zbekiston o‘rtasidagi kengaytirilgan hamkorlik istiqbollariga bag‘ishlangan maqola chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muallif – Pittsburg universitetinipng Fulbrayt dasturi stipendianti va Toshkentda joylashgan Jan Mone nomidagi Yevropa tadqiqotlari markazi eksperti Akrom Umarov  o‘z maqolasida O‘zbekiston va YEI o‘rtasidagi aloqalarning bugungi holati va iqtiqbollari haqida fikr yuritgan.

Nashrda sentabr oyida Bryussel shahrida YEI va O‘zbekiston o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim loyihasi bo‘yicha muzokaralarning to‘qqizinchi raundi bo‘lib o‘tgani qayd etilgan.  Yangi bitim loyihasi ustidagi ishlar 2019 yilda boshlangan. Yevropa Ittifoqi tomonidan joriy yil boshida O‘zbekistonni GSP+ Preferensiyalar bosh tizimining  to‘qqizinchi benefitsiar mamlakati sifatida qabul qilinishi kengaytirilgan hamkorlikka oid hujjat loyihasini muhokama qilish yo‘lidagi muhim bosqich bo‘ldi. 

«O‘zbekiston e’lon qilgan islohotlar dasturi YEIda ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirishning boshlang‘ich nuqtasi sifatida e’tirof etilmoqda. O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayonida Yevropa Ittifoqini qo‘llab-quvvatlashi ham savdo hamkorligini jadallashtirib, tomonlar o‘rtasida o‘zaro ishonchni mustahkamlashga hissa qo‘shdi», – deya ta’kidlanadi materialda. 

BATAFSIL MA’LUMOT.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

fifteen − 9 =