YEVROPA TILLAR BAYRAMI MUNOSABATI BILAN, FRANSIYANING O‘ZBEKISTONDAGI ELCHIXONASI «LES MOTS ET LES IMAGES» TANLOVINI O‘TKAZADI

16.09.2020

Agar yoshingiz 15 va 30 oralig’ida bo‘lsa, ushbu tanlovda ishtirok eting. Buning uchun siz fransuz maqolini va uni ifodalaydigan tasvirni (rasm, fotosurat) tanlashingiz kerak. Maqolni tasvirlab 2-3 daqiqali video oling va uni bizga jo‘nating. Barcha videolar Toshkent fransuz alyansi You Tube kanaliga yuklanadi.

Hakamlar hay’ati uch nafar g‘olibni tanlaydi, to‘rtinchi g‘olib 24 sentabrgacha eng ko‘p layk natijasiga ko‘ra e’lon qilinadi. G‘oliblar 25 sentabr kuni, Yevropa tillar bayrami nishonlanishi paytida onlayn e’lon qilinadi.

Tanlov qoidalari bilan tanishib chiqing, yozilish varaqasini to‘ldirib, video bilan birga bizga 2020-yil 23-sentabrga qadar yuboring.

Tanlov qoidalari – (PDF – 538.7 kb)

Yozilish varaqasi – (Word – 371.1 kb)

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

three × one =