“YIL TAQRIZI” TANLOVI

10.12.2020

“Akademnashr” nashriyot-matbaa markazi tomonidan “Yil taqrizi” tanlovi e’lon qilindi.

TANLOV O‘TKAZILISH TARTIBI
Taqrizlar 2020-yil 20-dekabr 23:59 ga qadar qabul qilinadi;

21-dekabr barcha taqrizlar @akademnashr kanaliga joylanadi;

Baholash jarayoni 25-dekabrgacha davom etadi;

Natijalar 2020-yil 31-dekabr 19:00 da @akademnashr kanalida e’lon qilinadi.

TAQRIZLARGA TALABLAR
– Kamida 300 ta so‘zdan iborat bo‘lishi;

– Originallikka intilish;

– Imloviy, mantiqiy xatolarsiz yozilishi;

– Avval hech qayerda e’lon qilinmagan bo‘lishi;

– Asar syujeti ochib qo‘yilmasligi (spoyler);

– Ko‘chirmakashlikka yo‘l qo‘yilmagan bo‘lishi kerak.

BAHOLASH TARTIBI
Matnlar 3 nominatsiyada baholanadi:

1. Hakamlar e’tirofi.
Hakamlar hay’ati 3 ta eng yaxshi taqriz egasini aniqlab beradi.

2. Mutolaachilar e’tirofi.
Eng ko‘p o‘qilgan (eng ko‘p ko‘rishlar soniga ega) 3 ta taqriz mualliflari g‘olib bo‘ladi.

3. Obunachilar e’tirofi.
Eng ko‘p ovoz to‘plagan 3 ta taqriz egasi taqdirlanadi.

*Bir ishtirokchi faqat bir nominatsiyada g‘olib bo‘lishi mumkin. Bir necha nominatsiyada o‘rin egallagan ishtirokchining eng yaxshi natijasi hisobga olinadi.

Tanlov haqida batafsil: https://telegra.ph/Kitobsevarlar-tanlovi-talab-va-shartlari-12-04

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

пять − 5 =