“YILNING ENG FAOL JURNALISTI” TANLOVI E’LON QILINDI

11.05.2021

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi “Yilning eng faol jurnalisti” tanlovini e’lon qiladi. Tanlovga 2020-yilning 1-iyunidan 2021-yilning 1-iyunigacha gazeta va jurnallarda, internet nashrlarida e’lon qilingan materiallar, efirga uzatilgan teleko‘rsatuv va radio eshittirishlar qabul qilinadi.

Toshkent shahrida faoliyat olib boruvchi ommaviy axborot vositalari vakillari (tanlovga) o‘z ijodiy ishlarini O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasiga, hududlardagi OAV vakillari esa (materiallarini) uyushmaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘limlari orqali joriy yilning 5 iyunigacha shaxsiy ma’lumotnoma, bog‘lanish uchun telefon raqami va pasport nusxasini ilova qilingan holda taqdim etishlari lozim bo‘ladi. Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha ijodiy ishlar soni beshtadan kam, o‘ntadan ko‘p bo‘lmasligi belgilangan.

Matbuot va internet yo‘nalishlari bo‘yicha materiallarning elektron (Word) shakli (material qachon va qayerda e’lon qilingani ko‘rsatilishi shart) quyidagi raqamga (90 – 045-54-88) ochilgan telegram manziliga yuborilishi so‘raladi. Televideniye va radio yo‘nalishlari bo‘yicha ijodiy ishlar CD va DVD disklarda qabul qilinadi.

“Yilning eng faol jurnalisti” tanlovi g‘olib va sovrindorlariga diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga bag‘ishlab 27 iyunda o‘tkaziladigan bayram tadbiri arafasida topshiriladi.

Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha materiallarning asl yoki ko‘chirma nusxalari (tegishlicha qog‘oz va disk shaklida) “Yilning eng faol jurnalisti” tanloviga deb ko‘rsatilgan holda yuborilishi lozim.

Manzil: 1000011, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 30-uy. O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

five − 2 =