“YILNING ENG YAXSHI MAQOLASI” TANLOVI

02.11.2020 540

Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi va O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor stipendiya sohiblari, iqtidorli talabalar, doktorant va tadqiqotchilar o‘rtasida yilning eng yaxshi maqolasi tanlovi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Talabgorlar tomonidan tayyorlangan maqolalarni keltirilgan talablar asosida rasmiylashtirilishi hamda joriy yilning 15-noyabr kuniga qadar vazirlikning Ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boshqarmasi (nauka@edu.uz, telegram: +998 946050345 )ga taqdim etilishi lozim.

            Maqola mavzulari va talablar bilan HAVOLA orqali tanishishingiz mumkin.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.