«YOSH TADQIQOTCHILAR: 100 HAQIQIY HIKOYA» LOYIHASIDA ISHTIROK ETING!

16.06.2020

«Ziyo Forum» ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi 35 yoshgacha bo‘lgan o‘zbek olimlarini «Yosh tadqiqotchilar: 100 haqiqiy hikoya» loyihasida ishtirok etishga taklif qiladi.

Loyiha maqsadi — ilm yo‘lini tanlagan yoshlarning muvaffaqiyatlari va duch kelayotgan qiyinchiliklari haqida hikoya qilish, ularning ilmiy tadqiqot ishlariga manzilli eʼtibor qaratish.

Jamlangan materiallar har yili almanax-kitob shaklida chop etiladi, ushbu o‘ziga xos katalogning bosma nusxasi bilan birga alohida veb-resursda internet talqini yaratiladi.

Loyihada ishtirok etish uchun 2020-yilning 30-iyuniga qadar Jamg‘armaning saytida ariza qoldirish mumkin.

Batafsil: https://ziyoforum.uz/proekty-1/post/molodye-issledovateli-100-istorij-almanah-o-zhizni-i-nauchnoj-rabote-uchenyh-uzbekistana

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

fifteen − 8 =