“ZAMONAVIY LINGVISTIK TADQIQOTLAR, XORIJIY TAJRIBA ISTIQBOLLI IZLANISHLAR VA TILLARNI O’QITISHNING INNOVATSION USULLARI” MAVZUSIDA XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN BO’LIB O’TDI

23.05.2022

Respublikamizda xorijiy tillarni yanada rivojlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi “O’zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o’rganishini ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to’g’risida”gi  5117-sonli qaroriga asosan xorijiy tillarni o’rganishi ta’lim siyosatining ustuvor yo’nalishi sifatida tubdan oshrish, sohaga malakali pedagoglarni jalb etish hamda aholining xorijiy tillarni o’rganishga bo’lgan qiziqishini yanada oshirish yurtimizda ustuvor yo’nalishlardan biriga aylanadi desak mubolag’a emas.

Shuningdek, joriy yilning 20-may kunida Roman-german tillari fakulteti “Nemis tili va adabiyoti” kafedrasi tashabbusi bilan Zamonaviy lingvistik tadqiqotlar, xorijiy  tajriba istiqbolli izlanishlar va tillarni o’qitishning  innovatsion usullari mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.

Mazkur anjuman xorijiy til ta’limi, xorijiy tillarni o’rgatishning samarali usullari, ularning turlari va tadqiq qilish metodlari, zamonaviy o’qitish metodikasi, uning o’rganilgan, o’rganilayotgan va o’rganilishi lozim bo’lgan yo’nalishlar kabi masalalar muhokamasini o’z oldiga  maqsad qilib qo’ygan.

Mazkur anjumanda zamonaviy lingvistik tatqiqotlar hamda xorijiy tillarni o’rganishga bag’ishlangan 150 ga yaqin ilmiy maqolalar yig’ildi va 20 dan oshiq xorijlik, xususan, Germaniya, Fransiya, Ispaniya, Avstraliya, Xitoy, Tojikiston, Qozoqiston, Qirg’iziston, Hindiston, Turkiya, Indoneziya  kabi mamlakatlardan professor-o’qtituvchilar bevosita ishtirok etishdi hamda o’zlarining ilmiy ishlari bo’yicha taqdimotlarini qatnashchilarga namoyish etishdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

one × two =