2021-YIL UCHUN TURKIYA GRANTLARIGA QABUL BOSHLANDI

11.02.2021

Turkiya stipendiyalari bu — hukumat tomonidan moliyalashtirilgan, yetakchi talabalar va tadqiqotchilarga Turkiyaning eng yaxshi universitetlarida to‘liq yoki qisqa muddatli o‘qish uchun beriladigan raqobatdosh stipendiya dasturi. Turkiya stipendiyalari mamlakatlarning o‘zaro hamkorligini va jamiyatlar o‘rtasidagi o‘zaro tushunishni rivojlantirishga sodiq bo‘lgan kelajakdagi yetakchilar tarmog‘ini yaratishga qaratilgan.

Hujjat topshirish sanalari: 2021-yil 10-yanvar – 20-fevral.

2021-yil Turkiya grantlari uchun arizalar yilda bir marotaba qabul qilinadi. 10-yanvardan 20-fevralgacha bo‘lgan muddat oralig‘ida barcha mamlakat talabgorlariga arizalar qabuli davom etadi.

Turkiya grantlari universitetga joylashtirish, oylik stipendiya, universitet to‘lovi, tibbiy sug‘urta, talabalar yotoqxonasi, turar joy, bepul kasbiy va ilmiy-akademik ta’lim dasturlari hamda bir martalik kelish-qaytish aviachipta imkoniyatlarini taqdim qilishi orqali dunyoning eng qamrovli grant loyihasi sifatida olg‘a bormoqda.

Murojaatlar bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlaridan birida ta’lim olish istagida bo‘lgan nomzodlarga ochiqdir.

Ariza topshirish uchun havola: https://www.turkiyeburslari.gov.tr/tr

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

2 × five =