21-FEVRAL — XALQARO ONA TILI KUNI

19.02.2021

21-fevral — Xalqaro ona tili kuni sifatida dunyo hamjamiyati tomonidan keng nishonlanadi.

Xalqaro ona tili kuni Bangladesh tashabbusi bilan e’lon qilingan va 1999-yilda YUNESKO Bosh konferensiyasida tasdiqlangan. Ona tili kuni 2000-yildan buyon butun dunyoda nishonlanadi.

YUNESKO barqaror jamiyatlarni rivojlantirish uchun madaniy va lingvistik xilma-xillikni saqlab qolish muhimligini tan oladi. YUNESKO tinchlik uchun o’z mandatining bir qismi sifatida madaniy va lingvistik farqlarni saqlab qolish, boshqalarga bag’rikenglik va hurmat ko’rsatishga yordam beradi.

Katta miqdorda tillarning yo’qolishi natijasi o’laroq, lingvistik xilma-xillik  masalasi xavf ostida qolmoqda. Dunyo aholisining 40 foizi o’zlari uchun tushunarli tilda ta’lim olish imkoniga ega emas. Shunga qaramay, ona tiliga asoslangan ko’p tilli ta’lim sohasida erishilgan yutuqlar ham talaygina. Ayniqsa, maktabning boshlang’ich sinflarida tilning ahamiyatini tushunish va uning ijtimoiy hayotda rivojlanishini takomillashtirish muhimligi masalasiga e’tibor kuchaymoqda.

Ko’p tilli va ko’p madaniyatli jamiyatlar an’anaviy bilim va madaniyatlarni barqaror ravishda yetkazib beradigan va saqlaydigan tillari borligi uchun ham mavjuddir.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

1 × two =