27-SENTYABR —XALQARO TURIZM KUNI

27.09.2022

Xalqaro turizm kuni Xalqaro turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasi tomonidan 1979-yilda Ispaniyaning Torremolinos shahrida ta’sis etilgan va har yili 27-sentabrda nishonlanadi. 

Statistikaga ko’ra, 2022-yilning dastlabki besh oyida xalqaro chegaralarni 250 million chet ellik sayyoh kesib o’tdi. O’tgan yili ushbu davrda atigi 77 million kishi chet elga sayohat qilgan.

Shuningdek, raqamlarga qaraydigan bo’lsak, yer yuzidagi har o’ninchi odam turizm sohasi vakili hisoblanadi.

Shu yil boshida xalqaro sayyohlik tashriflari soni 2021-yilda qayd etilgan darajadan ikki baravar ko’p bo’ldi. Ba’zi hududlarda kelganlar soni pandemiyadan oldingi darajaga yetgan yoki hatto undan ham oshib ketgan.

Xalqaro turizm kuni turizm sohasining rivojlanishi va uning kelajagi haqidagi savollarga javob topish imkoniyatini beradi.

Bu yilgi kun mavzusi turizmni rivojlantirish uchun, shu jumladan, ta’lim va ish o’rinlarini yaratish orqali qayta ko’rib chiqish, turizmning sayyoramizga ta’siri va barqaror rivojlanishi haqidagi munozarani yanada kuchaytirishga qaratilgan.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

6 + 5 =