“INTERNATIONAL FALL ONLINE YOUTH CONFERENCE 2020”DA ISHTIROK ETISH UCHUN ARIZALAR QABULI BOSHLANDI

17.08.2020

International Fall Online Youth Conference 2020 (Xalqaro kuzgi yoshlar onlayn konferensiyasi 2020) endilikda barcha yoshlar uchun rasman ochiq!

Konferensiyaning bosh maqsadi:

  • Dunyo yoshlarini xalqaro tashkilotlarning ish jarayonlarini tushunib yetishlari uchun tayyorlash.
  • Yosh avlodni raqobatdosh qilib tarbiyalash hamda oʻziga boʻlgan ishonch va tanqidiy tahlil mahoratlarini oʻstirish.
  • Har bir ishtirokchi 30 dan ziyod mamlakat vakillari bilan fikr almasha olish imkonini beruvchi yeng zoʻr hamkorlik imkoniyatlarini ochib berish.
  • Homiy tashkilotlar koʻmagi bilan yoshlarning oʻz kelajaklarini qurishini osonlashtirish hamda yangi hayot boshlashlari uchun imkoniyatlar eshigini ochish.

Konferensiyaning bosh hamkorlari:
1) Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti.
2) Shu vaqtgacha 10dan ortiq top offline konferensiyalar o’tkazgan Hindistonning LAURUS MUN konferensiyasi tashkilotchisi.
3) Keng imkoniyatlar asrining axborot xizmatchisi hisoblangan YourChance.uz – Yoshlar blogi.
4) O’zbekiston va xorijdagi tadbirlar haqida birinchlardan bo’lib ma’lumot beradigan Effort.uz sayti.

iFOYCda qatnashishning afzalliklari:
1) QR Kodli xalqaro elektron sertifikat;
2) Xalqaro delegatlar ( Singapur, Yaman, Indoneziya, Qozogʻiston, Afg’oniston, Turkiya, Nigeriya, Hindiston va Yevropaning turli davlatlaridan) bilan fikrlar almashish;
3) 10 yillik tajribaga ega bo’lgan xalqaro spikerlardan tajriba orttirish;
4) O’zingiz uchun qulay bo’lgan tilda qatnashish imkoniyati;
5) Eng yaxshi ishtirokchilarning sovg’alar va tashakurnoma bilan taqdirlanishi.
6)Bundan tashqari chet elning nufuzli universitetlari hamda xalqaro konferensiya tashkilotchi-jamoalari bilan hamkorlikning guvohi bo’lishingiz munkin.

Konferensiya 3 ta tilda boʻlib oʻtadi:
– oʻzbek;
– ingliz;
– rus.

Konferensiya oʻtkaziladigan vaqt: 15-sentyabr, 2020-yil

Konferensiyada jami nechta delegat ishtirok etishi mumkin?
Jami: 150ta (xorijliklar bilan)

Konferensiya qaysi qoʻmitalarni modellashtiradi?
1.United Nations General assembly (english)
2.European UNION (english)
3.СНГ- Содружество Независимых Государств(рус)
4. UNESCO (o’zbek)
5. World Tourism Organization (o’zbek)

Website orqali online ro’yxatdan òtish shakli: https://forms.gle/SUbjnz9o8fCvmEAW6

Telegram orqali ro’yxatdan o’tish uchun IFOYC2020 jumlasini @ifoyc2020 manziliga yuboring. Va darhol rasmiy delegatga aylaning.

Qabul qilingan har bir rasmiy delegat uchun maxsus taklifnomalar beriladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

four × three =