ABITURIYENTLARGA RUXSATNOMALARNI BERISH BOSHLANDI

24.08.2020

Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni shaxsiy kabinet (abitur.dtm.uz)laridan olishlari mumkin.

Abituriyentlardan ruxsatnomalarni avgust oyi yakuniga qadar yuklab olib, chop etib olishlarini so‘raymiz.

Mazkur ruxsatnoma test sinovlarida ishtirok etadigan abituriyentlarga beriladi.

“Abituriyent ruxsatnomasi” test sinovlarisiz to‘liq kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘ladigan ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga berilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, abituriyentlar test sinovlariga fuqarolik pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim.

Fuqarolik pasporti bo‘lmagan taqdirda abituriyent ruxsatnomasi haqiqiy deb hisoblanmaydi.

Davlat test markazi matbuot xizmati

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

8 + 3 =