ADU PROFESSORI ANQARA GAZI UNIVERSITETIDA MA’RUZA MASHG’ULOTLARINI OLIB BORDI

15.03.2024

Xalqaro hamkorlik doirasida Andijon davlat universiteti O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, professor Muqaddasxon Tojiboyeva hamda tayanch doktorant Jamoldin Yoqubovlar Turkiyaning Anqara Gazi universitetida bo’ldilar.

Tashrif doirasida professor M.Tojiboyeva universitetning Turkcha va ijtimoiy bilimlar taʼlimi boʻlimining 4-bosqich talabalariga “Oʻzbek va turk adabiyoti: adabiy taʼsir va adabiy aloqalar” mavzusida maʼruza mashg’ulotlarini olib bordi.

Shuningdek, ikki oliy ta’lim muassasalarining professor-o’qituvchilari o’rtasida uchrashuv tashkil etilib, oliygohlar o’rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida istiqboldagi amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar belgilab olindi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

16 + 14 =