AL-BUXORIY NOMIDAGI XALQARO UNIVERSITET (MALAYZIYA) YOSH TALABALARGA CHET ELDA O‘QISH UCHUN 50 TA STIPENDIYA TAKLIF ETADI

02.03.2020

Al-Buxoriy nomidagi xalqaro universitet bu – xayriya ta’lim muassasasi, talabalarni o‘qitish va turar joy bilan ta’minlash xarajatlari Al-Buxoriy jamg‘armasi hisobidan to‘lanadi. Bu haqida «El-yurt umidi» jamg’armasi xabar bermoqda.

Xalqaro ta’lim muassasasi sifatida Al-Buxoriy nomidagi xalqaro universitet dunyoning ko‘plab mamlakatlarida musulmonlar yashaydigan ko‘plab talabalarni qabul qiladi.

Al-Buxoriy xalqaro universitetining siyosati ilgari bunday imkoniyatga ega bo‘lmaganlar uchun ta’lim olish imkoniyatlarini ta’minlashdan iborat.

Talablar:

– 18 yoshdan 22 yoshgacha;

– 12 yillik umumiy ma’lumotga ega bo‘lish;

– ingliz tilini IELTS 5.5 o‘rta darajasida bilishi kerak.

Malayziya tomoni quyidagi xarajatlarni qoplaydi:

– o‘qish uchun to‘lov (shu jumladan, akademik xarajatlari);

– turar joy va ovqatlanish xarajatlari;

– oylik stipendiya (taxminan 110 AQSh dollari);

– xalqaro avialiniyani – nomzod o‘z hisobidan qoplaydi.

Diqqat! Grant olishni istagan har bir kishi quyidagi link orqali arizani to‘ldirishi kerak: http://apply.aiu.edu.my/index.php?page=home

Batafsil ma’lumot uchun: https://www.aiu.edu.my

1 Comment so far

Jump into a conversation
  1. Abdushukur
    #1 Abdushukur 20 Avgust, 2021, 09:59

    Best

    Reply this comment

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

nineteen − 18 =