ALBA YULIYA UNIVERSITETI BILAN O’ZDJTU O’RTASIDA HAMKORLIK TO‘G‘RISIDAGI SHARTNOMA IMZOLANDI

28.01.2020

Bugun, 28-yanvar kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetiga Ruminiyaning Alba Yuliya universiteti rektori, professor Daniyel Breaz boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Mehmonlar tashrifni O’zDJTU kampusi bo’ylab tanishuv bilan boshladilar.

Tashrif davomida professor Daniyel Breaz O’zDJTU rektori G’.Raximov boshchiligidagi universitet vakillari bilan uchrashdi.

Rasmiy uchrashuvda tomonlar Alba Yuliya universiteti bilan filologiya, tarix, arxeologiya, muzeyshunoslik sohalarida hamkorlikni rivojlantirish; ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish; Alba Yuliya universiteti professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilarini O‘zDJTU ochiladigan “Ipak Yo‘li Tadqiqotlar Markazi” faoliyatiga jalb qilish; O‘zDJTUda Ruminiya OTMlari talabalari amaliyotini, qisqa va uzoq muddatli o‘zbek/rus tili va madaniyati kurslari, qishki va yozgi maktablar tashkil qilish masalalarini muhokama qildilar.

Shuningdek, uchrashuv davomida Alba Yuliya universiteti bilan O’zDJTU o’rtasida Hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

20 − seventeen =