ALISHER NAVOIY ASARLARINING MOBIL ILOVALARINI YARATISH BO‘YICHA TANLOV E’LON QILINDI

26.01.2021

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan beshta muhim tashabbus doirasida Alisher Navoiyning boy merosini o‘rganishni keng targ‘ib etish maqsadida Alisher Navoiy asarlarining mobil ilovalarini yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qilindi.

Tanlovda 30 yoshgacha bo‘lgan, dasturlash sohasiga qiziquvchi yoshlar ishtirok etishi mumkin.

Siz yaratgan mobil ilova (android) quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • sifatli, yoshlarbop UI/UX dizayn;
  • Alisher Navoiy ijodi namunalari: Xamsa, dostonlar, g‘azallar (lotin yozuviga asoslangan o‘zbek tilida).

Tanlovda ishtirok etishni istagan dasturchilar 2021-yil 5-fevralgacha jamoa a’zolari, bog‘lanish uchun telefon raqam, mobil ilova va mobil ilova haqida 200 so‘zdan oshmagan ma’lumotlarni tanlovlar@yoshlar.gov.uz manziliga yuborishlari zarur.

Tanlov g‘oliblari hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholanadi hamda g‘oliblar Apple MacBook Air 13 va diplom bilan mukofotlanadi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

four × 1 =