«ALISHER NAVOIY» XALQARO JURNALI TA’SIS ETILDI

10.02.2021

Samarqand davlat universiteti professori Ibodullo Mirzayev tashabbusi va bosh muharrirligi hamda Tadqiqot.uz sayti hamkorligida «Alisher Navoiy» xalqaro jurnali ta’sis etildi.

Jurnalda navoiyshunoslik, shoir adabiy merosining umumjahon tamaddunida tutgan o‘rni va adabiy ta’sir masalalari yoritib boriladi. Jurnal AQShning Crossref.org tizimiga kiritilgan hamda har bir maqolaga raqam beriladi.

Alloma tavalludining 580 yilligi munosabati bilan jurnalning 1-soni chop etildi. Unda yurtimiz va xorijlik navoiyshunos olimlarning buyuk shoir ijodining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan maqolalari e’lon qilingan.

Ushbu xalqaro elektron ilmiy jurnalga maqolalar o‘zbek, rus, ingliz, fransuz, turk, tojik kabi tillarda qabul qilinadi. Nashr jahonning turli mamlakatlarida amalga oshirilayotgan navoiyshunoslikka oid tadqiqotlarni yoritib borishga mo‘ljallangan.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

four + 9 =