AN’ANAVIY IV XALQARO OCHIQ MATEMATIKA OLIMPIADASI (OMOUS-2024) O’TKAZILDI

13.03.2024

Turkmaniston ta’lim vazirligi tashabbusi bilan Ashxobod shahridagi Xalqaro gumanitar fanlar va taraqqiyot universitetida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida an’anaviy IV Xalqaro ochiq matematika olimpiadasi (OMOUS-2024) bo‘lib o‘tdi.

Olimpiadaning rasmiy tili – turkman va ingliz tillari bo‘ldi. Unda O‘zbekiston, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Ispaniya, Xitoy, Bolgariya, Indoneziya va mezbon Turkmaniston oliy ta’lim muassasalarining jami 500 nafardan ziyod talaba qatnashdi. Shu jumladan yurtimizning 18 ta oliy o‘quv yurtidan 79 nafar talaba ishtirok etib, 57 ta medalga egalik qilishdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

thirteen − 3 =