ANDIJON SHAHRIDAGI BOBUR MAYDONIDA KATTA TADBIR TASHKIL QILINDI

14.02.2024

Davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligini keng nishonlash maqsadida Andijon shahridagi Bobur maydonida katta tadbir tashkil qilindi.

Tadbirda Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligidagi oliy va professional ta’lim muassasalari rahbar-xodimlari, professor-o‘qituvchilar hamda bir qator olim va shoirlar ishtirok etishdi.

Shoh Bobur poyiga gullar qo‘yish bilan boshlangan tadbirda so‘z olganlar buyuk shoir va davlat arbobining yurt ravnaqiga qo‘shgan hissasi, shoir ijodi hamda faoliyati haqida so‘z yuritishdi. Tadbir g‘azalxonlik va sahna ko‘rinishlari bilan davom etdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

19 − eight =