ANDIJONDA BO`LIB O`TGAN YIG`ILISHDA CHET TILLARINI O`QITISH YUZASIDAN QATOR TOPSHIRIQLAR BERILDI

19.02.2024

Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan o`tkazilgan yigʻilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlarni hunar bilan birga kamida bitta chet tilini egallashlari ularni bandligini taʼminlashda muhim omil ekanligini taʼkidladi.

Germaniya, Kanada, Koreya, Yaponiyadan ishchilarga buyurtma bor, nomzodlar uchun asosiy talab, bu – til bilish. Lekin Andijonda chet tilini yaxshi biladigan 1,5 mingga yaqin yoshlar bor, xolos, – dedi Prezident.

Iqtisodiyot va moliya, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirliklariga chet tili sertifikatini olgan yoshlarga oʻqish xarajatini 50 foizgacha qoplashni yoʻlga qoʻyish, nemis va fransuz tili boʻyicha B-2 sertifikatini olgan har bir oʻquvchi uchun xususiy oʻquv markazlarini subsidiyalash tartibini joriy etish topshirildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

14 + 19 =