ANQARA SHAHRIDA INSON RESURSLARINI BOSHQARISH TAJRIBASI O‘RGANILMOQDA
06.09.2024O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va Turkiya Prezidenti huzuridagi Inson resurslari ofisi hamkorligida Anqara shahrida tashkil etilgan qisqa muddatli malaka oshirish dasturida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ishtirok etmoqda.
Qator davlat organlari va tashkilotlarining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘linmalarida faoliyat yuritayotgan 11 nafar mas’ul xodimi qatnashayotgan ushbu dastur Turkiyaning inson resurslarini boshqarish va rivojlantirishda joriy qilingan raqamli dasturlari hamda innovatsion yechimlari bilan tanishish, sohada o‘zaro tajriba almashish maqsadida tashkil etildi.
Ishtirokchilar safar davomida inson resurslarini boshqarishda joriy qilingan zamonaviy usullar va raqamli yechimlar bo‘yicha tajriba almashishi, ishga kirgan yangi xodimlarni davlat xizmatiga moslashtirish usullarini o‘rganishi, Turkiyaning vazirlik va idoralari Inson resurslarini boshqarish departamentlari faoliyati bilan yaqindan tanishishlari belgilangan.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.