O’ZBEKISTONLIK TALABALAR JUDA SAMIMIY VA BILIMGA CHANQOQ | Intervyu

25.05.2023

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Malayziyaning Sulton Idris nomidagi pedagogika universiteti (UPSI) o‘rtasida xalqaro almashinuv dasturi imzolangan bo’lib, bugungi kunda uch nafar malayziyalik talaba stajirovka uchun mamlakatimizda tashrif buyurgan.

Ulardan  Nur Atikah Athirah, Muhammad Ridzwan inzliz tilidan, Nur Alia Syafikah malay tilidan mana ikki oydirki O’zDJTU talabalariga dars bermoqdalar.

Ushbu amaliyot va almashinuv dasturi davomida stajyor o’qituvchilar talabalar uchun dars va seminarlar o’tkazdilar. Shu munosabat bilan o‘quv jarayoniga oid savollar va o‘zbekistonlik talabalar haqida fikr-mulohazalar bilan ularga murojaat qildik.

— Ko‘rib turganimizdek, siz bor kuch-g‘ayratingiz, bilim va tajribangiz bilan talabalarimiz bilan o‘rtoqlashashmoqdasiz. Ayting-chi, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘qish va o‘qitishning qanday jihatlarini kashf etdingiz?

— Muhammad Ridzwan: Nazarimda, bizning universitetlarda, ayniqsa, talabalarga nisbatan boshqacha yondashuv bor. Bu erda boshqacha ekan. Qisqasi mening tasavvurim boshqacha bo’lgan ekan. Ta’lim jarayoni va talabalarning o’zlarini tutishi menga juda yoqdi.

— Nur Alia Siafika: Bilasizmi, biz universitet talabalarini xorijda birinchi marta o‘qitayapmiz. Malayziyadagi universitetimizda bizni maktab o‘quvchilariga dars berishni o‘rgatishgandi, shuning uchun metodologiya boshqacha. Ma’lumki, biz maktab o‘quvchilari uchun pedagogikani o‘rganganmiz, andragogika esa universitet talabalari uchun kiritilishi shart. Shunday qilib, dastlab biz muhitni o’rganib, ko’nikish hosil qildik. Ko’nikish uchun o’z ustimizda ishladik, qolaversa ustozimiz va talabalardan vaziyatni hal qilishda yordam berishlarini so’radik. Shu tariqa ish boshladik.

—  Nur Atikah Athirah: Menimcha, masala shundaki, Malayziyada o‘qituvchi va talabalar o‘rtasida to‘siq bor, bu yerda bunday emas. Talabalaringiz oldimizga kelib, biror narsa haqida so’rashlari, hatto ba’zan shaxsiy hayotlari haqida gapirishlari juda yaxshi, biz bu erda talabalar bilan do’stmiz! O‘ylaymanki, O‘zbekistondagi talabalar o‘qituvchilar bilan juda do‘stona va samimiy munosabatda bo‘lishadi va bu malayziya va o‘zbek talabalari o‘rtasidagi farqdir.

Muhammad Ridzwan: Bu yerda shunchalik do’stona munosabat va qiziqarli bo’lishini kutmagan edik. Biz juda minnatdormiz!

To’liq intervyu uchun havola.

Intervyu
Nodira IBROHIMOVA, Saida SOBIROVA, Nozima SOATALIYEVA va Diyora SAYDAKBAROVA tomonidan tayyorlandi,
Media va kommunikatsiya fakulteti 2-kurs talabalari,
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

15 + 3 =