AQSH ELCHIXONASI MASLAHATCHISI VA AQSHLIK MALAKALI INGLIZ TILI MUTAXASSISI O’zDJTUDA

23.09.2019

2019-yil 23-sentabr kuni O’zbekistondagi AQSH elchixonasi Madaniyat masalalari bo’yicha maslahatchisi Joan Kramb xonim va Ingliz tili mutaxassisi Baxia Dayfenbax bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Muloqot chog’ida rektor G’.Raximov O’zDJTU faoliyati hamda AQSH bilan ta’lim va madaniyat sohalaridagi o’zaro hamkorlik masalalariga to’htalib o’tdi. Jumladan, AQSH elchixonasi va AQSH Davlat Departamenti moliyaviy ko’magida O’zDJTUda bir qator loyihalar amalga oshirilganligi, ingliz tilini o’qitishning zamonaviy metodlarini joriy qilish, bilimni baholash, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va nufuzli xalqaro jurnallarda maqolalar chop etish sohasida olib borilgan samarali hamkorlikdan mamnunligini ma’lum qildi.

Kramb xonim kelgusida ushbu yo’nalishlarda olib borilayotgan ishlarni davom ettirishga ko’maklashishga tayyorligini ma’lum qilib, Dayfenbax xonim 25 sentyabrdan  boshlab 3 oy mobaynida chet tillari bo’yicha bilim va ko’nikmalarni baholash bo’yicha seminar – treninglar o’tkazishi, ushbu soha mutaxassislari, jumladan testologlarni tayyorlashga o’zining munosib hissasini qo’shishini ta’kidlab o’tdi.

Shu bilan birga, 16-17 oktyabr kunlari AQSH elchixonasi moliyaviy ko’magida nufuzli xalqaro konferentsiyani tashkil qilish bo’yicha ishlar qizg’in ketayotganligi, ushbu tadbirda Hududiy ingliz tili ofisi (RELO) tashkiloti va ingliz tili bo’yicha malakali mutaxassis va ekspertlar jalb etilishi e’tirof etildi. Tomonlar ushbu yo’nalishdagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo’yicha kelishib oldilar. 

Manba: uzswlu.uz

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

one × one =