AQSH ELCHIXONASI “VIDEO POETRY” NOMLI SHE’RIYAT TANLOVINI E’LON QILDI

08.04.2021

Toshkentda joylashgan AQSh elchixonasi O‘zbekistondagi “American Spaces” bilan hamkorlikda AQSh-O‘zbekiston hamkorligining 30 yilligi, BMT Ingliz tili kuni va Milliy she’riyat oyligini nishonlash maqsadida “Video Poetry” nomli she’riyat tanlovini e’lon qiladi. O‘z iste’dodini namoyish etishni istagan kishi o‘zbek yo ingliz tilida she’r o‘qib, uni Instagramga qo‘yish orqali ushbu tanlovda ishtirok etishi mumkin. Tanlov 2021-yil 1-apreldan 18-aprelgacha onlayn bo‘lib o‘tadi. O‘zbek yoki ingliz tilidagi she’rni eng ifodali o‘qigan kishilar g‘oliblar safidan joy olib, ularga planshet va she’riy kitoblar sovg‘a qilinadi hamda ular tanlovga taqdim etgan videolar AQSh elchixonasi va “American Spaces” ijtimoiy tarmoq sahifalarida e’lon qilinadi.

Tanlov Instagram ijtimoiy tarmog‘ida o‘tkaziladi.

Tanlov shartlari:

• Ishtirokchilar o‘zbek yo ingliz tilida she’r o‘qib, kichik video (uzunligi bir daqiqadan oshmagan) qilishlari, U.S. Embassy Tashkent va American Spaces in Uzbekistan sahifalariga a’zo bo‘lib, kuzatib borishlari, #USUZ30 #Americanspacesinuzbekistan va #Usembassytashkent heshteglarini ishlatib, Instagram tarmog‘iga qo‘yishlari lozim.

Iltimos, tanlovga video taqdim etayotganda uchta heshtegni ham qo‘yishni unutmang.
• O‘qilayotgan she’r biror zamonaviy yoki klassik amerikalik shoir qalamiga mansub bo‘lib, u inglizcha (asliyat) yoki o‘zbekcha tarjima she’r bo‘lmog‘i lozim.
• Har bir ishtirokchi ko‘pi bilan ikkita she’r yuborishi mumkin.
• Tanlovga video taqdim etishning oxirgi muddati: 18-aprel 2021-yil.
• Tanlovda ishtirok etish yoshi chegaralanmagan, unda hamma qatnashishi mumkin.
• Tanlov O‘zbekiston vatandoshlari uchun.

G‘oliblar quyidagi mezonlarga qarab tanlab olinadi:
• She’rning ifodali, obrazli o‘qilgani
• Ijodkorlik bilan yondashilganligi
• Video chiroyli olingani (go‘zal fon, tiniqlik va h.)
• Texnik jihatdan sifati

Ha’kamlar yuqoridagilarni inobatga olgan holda ikki nafar mutloq g‘olibni tanlab oladi: bitta o‘zbek va bitta ingliz tilida. G‘oliblar 23-aprel – Ingliz tili kunida AQSh elchixonasi va “American Spaces” ijtimoiy tarmoq sahifalarida e’lon qilinadi.
• 1-18-aprel – tanlov kunlari. Ishtirokchilar shu vaqt oralig‘ida Instagram tarmog‘iga videolar qo‘yadilar.
• 18-22-aprel – hakamlar g‘oliblarni aniqlaydilar.
• 23-aprel – g’oliblarni e’lon qilish hamda videolarni AQSh elchixonasi va “American Spaces” ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga qo‘yish.

Batafsil ma’lumot uchun havola: https://uz.usembassy.gov/uz/u-s-embassy-tashkent-announces-poetry-contest-titled-video-poetry-uz/

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

два × два =