AQSH TAʼLIMINI DUNYO OLIY TAʼLIMINING ETALONI DEYISH MUMKIN

09.09.2022

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Amerika Qoʻshma Shtatlarining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Deniel Rozenblyumni qabul qildi. 

Dastlab, elchining Oʻzbekistondagi vakolati tugayotgani shuningdek, faoliyati davomida mamlakatlar oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, shu jumladan, oliy taʼlim tizimini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda rivojlantirishga ulkan hissa qoʻshgani alohida qayd etildi. 

Oʻzbekistondagi elchilik faoliyatingiz yakunida uchrashayotganlar qatorida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi ham borligidan mamnunman, – dedi Abduqodir Toshqulov.

Ikki tomonlama samimiy muloqotda mamlakatlar oʻrtasida oliy taʼlim sohasidagi hamkorlik aloqalari ham muvaffaqiyatli va samarali boʻlgani, xususan, imzolangan hujjatlar, ular doirasida amalga oshirilgan ishlar mamnuniyat bilan tilga olindi. 

Bir necha yildan beri, amerikalik professor-oʻqituvchilar va mutaxassislar ingliz tilini oʻqitish, maʼruzalar oʻqish, seminar va mahorat darslarini oʻtkazish maqsadida Oʻzbekiston oliygohlarida faoliyat olib borayotgani taʼkidlanib, ta’limdagi soʻnggi islohotlarda xorijiy tillarni oʻrganishga alohida eʼtibor qaratilayotgani haqida so‘z bordi

AQSH elchisi ham vazirlikda boʻlib oʻtayotgan bunday uchrashuv yana bir bor tashkil etilganidan mamnun ekanligini bildirib, bugungi kunda ikki mamlakat oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi hamkorlik kundan kunga rivojlanib borayotgani, joriy oʻquv yilida 23 nafar amerikalik professor-oʻqituvchi Oʻzbekistonga yetib kelgani, shuningdek, mamlakatimiz oliygohlaridan ham ko‘plab professor-oʻqituvchlar malaka oshirish uchun AQSHga yuborilishi rejalashtirilayotgani qoʻshimcha qilindi.

Bugun Oʻzbekiston bilan AQSH oʻrtasidagi har tamonlama munosabatlar yuqori darajada rivojlanib borayotgani va ular bundan keyin ham yangi bosqichga ko‘tarilishiga ishonaman, – dedi Deniel Rozenblyum.

Bundan tashqari, uchrashuv davomida hamkorlik aloqalarini yanada jadallashtirish yuzasidan bir qator masalalarga toʻxtalindi. Jumladan, soʻnggi vaqtda alohida eʼtibor qaratilayotgan texnika va muhandislik yoʻnalishlarida kadrlar tayyorlash bilan bogʻliq hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanligi taʼkidlandi. 

Suhbat soʻngida A.Toshqulov hamkorlikdagi samarali faoliyati, yaqindan koʻrsatilgan yordamlar uchun AQSH elchixonasi xodimlariga va D.Rozenblyumga oʻz minnatdorchiligini bildirib, kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

four × 1 =