AQSH: TALABA VA O‘QUVCHILAR UCHUN INSHOLAR TANLOVI

11.01.2020 178

The International Water, Sanitation Hygiene Foundation talabalarni 2020-yilgi “IWSH Essay Scholarship Contest” insholar tanloviga qatnashishga taklif etadi. Insholar tanlovi kollej va universitetda ta‘lim olayotgan yoki yuqori sinfda o‘qiyotgan o‘quvchi-talabalar uchun mo‘ljallangan.

Tanlovning umumiy  mukofot jamg’armasi — 2250 USD.

Tanlov kimlar uchun: O‘quvchi va talabalar uchun

Tanlovda g‘olib bo‘lgan nomzodlarga quyidagi mukofotlar beriladi:

1-o‘rin:

   ● 1000 USD mukofot beriladi.

   ●  IWSH rasmiy sahifasida essesi  e’lon qilinadi.

   ●  Bir yil IAPMO ga a’zo bo’ladi.

2-o‘rin:

   ●  750 USD mukofot beriladi.

   ●  IWSH rasmiy sahifasida essesi  e’lon qilinadi.

3-o‘rin:

   ●  500 USD mukofot beriladi.

   ●  IWSH rasmiy sahifasida essesi  e’lon qilinadi.

Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo‘lishi kerak:

1. Barcha davlat fuqarolari ariza bera oladi.

2. Yuqori sinf o‘quvchisi/universitet/kollejda o‘qiyotgan nomzodlar ariza topshirishlari mumkin.

3. Nomzod o‘qishga kirganligi/o‘qiyotganligi haqida hujjat va baholari ko‘rsatilgan ma‘lumotnomani taqdim eta olishi kerak.

Insholar ingliz tilida yoziladi.

Batafsil ma’lumot uchun havola: http://www.iwsh.org/hidden/iwsh-essay-scholarship-contest/

Hozircha fikr bildirilmagan

Fikr bildiring

Hozircha fikr bildirilmagan!

Maqola haqida fikringizni bildiring.

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.