AQSH UNIVERSITETLARI PROFESSORLARI BILAN VIDEO MULOQOT BO’LIB O’TDI

10.04.2020

2020-yilning 9-aprel kuni AQShning Jorjia, Jorj Meyson va Vashington universiteti mutaxassislari ishtirokida video-seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminarda Jorjia universiteti professori Devid Kiyesa, Jorj Meyson universiteti professori Jina Bennet va Vashington universiteti ingliz tili mutaxassisi Joshua Gaston hamda doktorantlar, shuningdek, O‘zDJTU fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari va ingliz tili o‘qituvchilari ishtirok etdi. 

Video-seminar davomida hozirgi kundagi COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyatda talabalar uchun onlayn mashg‘ulotlarni tashkil qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar muhokama qilindi. Xususan, O‘zDJTU vakillari onlayn mashg‘ulotlarni tashkil qilish uchun Telegram kanalidan foydalanilayotganligi, lekin bu yetarli darajada samara bermayotganligi ma’lum qilishdi.

AQShlik mutaxassislar bu borada o‘z fikrlarini bildirishdi. Professor Jina Bennet O‘zDJTUda ingliz tili o‘qituvchilari ishtirokida amalga oshirilgan loyihalari doirasida “Google Classroom” platformasidan foydalanganligi, ushbu platforma umuman bepul bo‘lib, o‘z samarasini berganligini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, ushbu platforma bo‘yicha o‘z taqdimotini namoyish etdi.

2018/2019-o‘quv yilida O‘zDJTU faoliyat olib borgan ingliz tili mutaxassisi Joshua Gaston “Edmodo” platformasi imkoniyatlari haqida o‘z taqdimotini o‘tkazdi. Ushbu platforma ham bepul bo‘lib, keng imkoniyatlarga ega.

Video-seminar ishtirokchilari mazkur platformalardan foydalanish yaxshi samara berishi mumkinligini ta’kidlab o‘tishdi. AQShlik professorlar keyingi hafta o‘tkaziladigan navbatdagi video-seminarda tavsiya etilayotgan platformalar bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishlarini so‘radi. Ular, o‘z navbatida, Telegramm kanalidan samarali foydalanish imkoniyatlari bo‘yicha o‘z fikrlarini aytishini ma’lum qilishdi. 

O‘zDJTU vakillari tavsiya etilgan platformalar imkoniyatlari va afzalliklarini o‘rganib chiqishi va navbatdagi muloqot chog‘ida o‘z fikrlarini bildirishlarini ma’lum qilishdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

fifteen + five =