AQSHNING ARIZONA UNIVERSITETI BILAN O’ZARO ANGLASHUV MEMORANDUMI IMZOLANDI

06.03.2020

Joriy yilning 6-mart sanasida O’zbekiston davlat jahon tillari universitetiga AQSHning Arizona universitetining Yevroosiyo bo’yicha dasturlar direktori Tolga Turker tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Tolga Turker O’zDJTU Xalqaro aloqalar bo’yicha prorektor A. Abidjanov, Qo’shma ta’lim dasturlari bo’limi boshlig’I H. Yuldashev hamda O’zDJTU huzuridagi Chet tillarni o’qitishning innovatsion metodikalarini  rivojlantirish Respublika   ilmiy – amaliy markazi direktori U.Azizov bilan uchrashdi. Uchrashuv chog’ida tomonlar o’zaro hamkorlik masalalari, jumladan, inliz tilini ikkinchi til sifatida o’qitish, professor-o’qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar almashinuvini yo’lga qo’yish yuzasidan muhokamalar olib bordilar.

Muhokamalar yakunida O’zDJTU huzuridagi Chet tillarni o’qitishning innovatsion  metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi universiteti va AQSHning Arizona universiteti o’rtasida o’zaro Anglashuv memorandumi imzolandi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

семнадцать − двенадцать =