AQSHNING NUFUZLI SIRAKUZ UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK ALOQALARI YANADA KENGAYMOQDA
17.12.202417-dekabr kuni Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori, “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori, Professor Adxam Bekmurodov, Jamg’arma jamoasi va AQSHning nufuzli Sirakuz universiteti Maksvell fuqarolik va jamoatchilik bilan aloqalar maktabining “Tezlashtirilgan ta’lim va boshqaruv ta’limida global ishtirok” bo‘limi direktori Daniel Nelson hamda Davlat boshqaruvi va xalqaro aloqalar kafedrasi professori Tina Nabatchi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida Akademiya rektori tomonidan vazirlik va idoralarning maqsadli buyurtmasi asosida davlat xizmatchilarini ushbu universitetda qisqa muddatli malaka oshirish va stajirovka o‘tishini tashkil qilish hamda respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalariga universitet professor-o‘qituvchilarini jalb etish bo‘yicha taklif kiritdi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.