«O’QITUVCHI SHARAFLI KASB!”— DANIEL ROZENBLUM, AQSHNING O’ZBEKISTONDAGI FAVQULODDA VA MUXTOR ELCHISI

09.04.2021

Avval xabar qilganimizdek, bugun, 9-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Xorijiy tillarni o‘qitishda baholash: yutuqlar, muammolar va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o’z ishini boshladi.

Konferensiyaning ochilish marosimida AQShning O’zbekistondagi elchisi Daniel Rozenblum janoblari so’zga chiqib, o’z kirish nutqida: «O’QITUVCHI SHARAFLI KASB!”, — deya alohida ta’kidlab o’tdi. Shuningdek, u o’z nutqida  “Ingliz tili yoshlar uchun butun dunyoni ochib beradi”, — deb ingliz tilining bugungi kundagi ahamiyatini aytib o’tdi.

Ma’lumot o’rnida, konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zDJTU, Chet tillarni o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi va AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida tashkil etilmoqda.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

eighteen − six =