ARKANSAS UNIVERSITETI MUTAXASSISI KRISTIN SMART SamDChTIDA

29.05.2019

Samarqand davlat chet tillar institutiga AQShning Arkansas universiteti mutaxassisi tashrif buyurdi.

Shu munosabatda joriy yilning 27-28 may kunlari AQShning Arkansas universiteti mutaxassisi Kristin Smart SamDChTI magistrantlari o’rtasida ingliz tili o’qitishning zamonaviy metodlari bo’yicha mashg’ulotlar o’tkazdi.

Mashg’ulotlar juda ko’tarinki kayfiyatda va qiziqarli tarzda namoyon bo’ldi. AQShning O’zbekistondagi elchixonasi ko’magida tashkil etilgan seminar-treninglarda ham institutning 25 nafar bo’lajak ingliz tili o’qituvchilari ishtirok etishdi. Ishtirokchilar seminarlar yakunida maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

8 + twelve =