ATTANAL AL-ARABI MILLIY TA’LIM TARMOG’I HAMKORLIGIDA ARAB TILI BO’YICHA ONLINE TESTLAR BO’LIB O’TDI

09.06.2024

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Attanal Al-Arabi Milliy ta’lim tarmog’i o’rtasida imzolangan shartnoma asosida universitetda arab tili bo’yicha online testlar tashkil etildi.

Testlarda O’zDJTU va respublikamizning turli viloyatlaridan tashrif buyurgan talabgorlar ishtirok etdi.

Tadbirni Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i X. Yuldashev va Tarjimonlik fakulteti dekani U. Yo’ldoshevlar ochib berdi hamda talabgorlarga testlarda ishtirok etish tartibi va talablari haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Ma’lumot uchun: Attanal Al-Arabi test sertifikatlari Bilim va ko’nikmalarni baholash agentli ro’yhatiga kitirilgan bo’lib, abituriyentlar uchun arab tili bo’yicha testlardan ozod qilish va maksimal ball berish, arab tili o’qituvchilari uchun ustama olish hamda arab davlatlari oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish va mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

seven − 5 =