AVSTRIYANING FEDERAL IQTISODIY PALATASI (WKO) VAKILLARI BILAN UCHRASHUV O’TKAZILDI

14.11.2024

12-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning “O‘zbekistonda professional ta’lim tizimini isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida Avstriyaning Federal Iqtisodiy Palatasi (WKO) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida Avstriyaning Ilg‘or mahorat markazlari bilan hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirish, kasbga yo‘naltirish markazlarini tashkil etish, kasbiy ta’lim sohasida malakali kadrlar tayyorlash, ta’lim sifatini ta’minlash va pedagog kadrlar malakasini oshirish tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun: Avstriya Federal Iqtisodiy Palatasi (WKÖ) mamlakatdagi barcha kompaniyalarni birlashtirib, ularning manfaatlarini turli sohalarda himoya qiladi. Mazkur tashkilot yuridik maslahatlar va xalqaro savdoni qo‘llab-quvvatlash, kasbiy ta’lim va malaka oshirish dasturlari orqali malakali ishchi kuchini tayyorlash kabi xizmatlarini ko‘rsatadi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

1 + 15 =