AXBOROT MANBASINI BAHOLASH BO‘YICHA 5 TAVSIYA

13.07.2023

Haqiqiy hujjatlarni asos qilib oling. Agar tashkilotning daromadi keltiriladigan bo‘lsa, aniq moliyaviy hujjatlarga asoslaning.

Faktlar va fikrlar asosiga qurilgan manbalarni olishdan chegaralaning. O‘z ishingizda esa faktlardan foydalaning.

Shunday mediani tanlangki, unda aniq axborot manbasiga havola berilgan bo‘lsin. Bu havola orqali esa siz bu media ishini tekshirib olish imkoniga ega bo‘lasiz.

Elementar tushunchalarni almashtirib yuboradigan hamda faktik xatolarga yo‘l qo‘yadigan manbalardan saqlaning.

Axborot oqimi tobora ko‘payib borayotgan bu davrda axborot qayer orqali olingan bo‘lsa ham, o‘zini yolg‘onlardan himoya qilish juda mushkul: rasmiy hujjatlar, ijtimoiy tarmoqlar, qidiruv tizimlari, ochiq manbalar va arxiv materiallari. “Jurnalist surishtiruvida verifikatsiya qilish rahbariyati” mualliflarining maslahatiga ko‘ra:

O‘zingizning maʼlumotlar bazangizni axborot manbasi bo‘la oladigan insonlar bilan rivojlantiring. Ular bilan aloqa o‘rnating, gaplashing. Biror xabarni eshitsangiz, u juda yaxshi ahamiyat kasb etsa-da, uning haqiqat ekaniga ishonishda skeptic (har narsaga shubha bilan qarovchi) bo‘ling. Bir qancha haqiqiy axborot manbasi bo‘la oladigan insonlar bilan maslahatlashing. Qidiruv texnologiyasi, tahlil metodlari va yangi instrumentlarni o‘zlashtiring. Doimo boshqa mutaxassislar bilan ishlang va muloqotda bo‘ling. Verifikatsiya bu – sportning jamoaviy turidir”.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

twenty + 17 =