BANGLADESHNING O’ZBEKISTONDAGI ELCHISI O’zDJTUGA TASHRIF BUYURDI

29.12.2023

29-dekabr kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetiga Bangladeshning O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Dr.Mohammad Monirul Islam janoblari tashrif buyurdi. Elchi janoblarini O’zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov va universitet mas’ullari kutib oldi.

Uchrashuv davomida tomonlar o’zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. Tadbir doirasida O’zbekiston va Bangladeshning mashhur shoir va yozuvchilari asarlarini o’zbek va bangladesh tillariga tarjima qilish sohalarida hamkorlik olib borish bo’yicha kelishuvga erishildi.

Dastur so’nggida rektor I.Tuxtasinov Bangladesh vakilini o’zi tomonidan ingliz tiliga tarjima qilingan asarlar, jumladan, «Boburnoma» va «Yulduzli tunlar»ning ingliz tilidagi nusxalari bilan tanishtirdi.

Uchrashuv so’ngida Dr.Mohammad Monirul Islam janoblari O’zbekistonga, xususan, O’zDJTUga tashrifidan mamnunligini alohida ta’kidladi.