BARCHA ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!

31.07.2023

Ma’lumki, ertadan 2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlanadi.

Test sinovlari 1-avgustdan 13-avgustga qadar ikki smenada:

1️⃣-smena — 08:00 dan 11:00 ga qadar;

2️⃣-smena — 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Bunda abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 soat oldin pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari hamda:

1️⃣-smenada 07:30 ga qadar;

2️⃣-smenada 14:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tgan holda o‘z joyiga joylashgan bo‘lishlari lozim.

❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinoviga kiritilmaydi!

Test sinovlari to‘liq videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilingan holda o‘tkaziladi va jarayonlarni test2023.uz sayti orqali onlayn kuzatib borish mumkin bo‘ladi.

Poytaxtda kirish imtihonlari bo‘ladigan 1-13-avgust kunlari avtobuslar soat 05:00dan qatnashni boshlaydi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

15 − 13 =